8 yoshli qizaloq onasiga qaytarildi

Fuqoralik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudinig 02.06.2022 yilgi ijro varaqasiga asosan, javobgar F.Q.dan undiruvchi M.Radjepovaning tarbiyasiga 2014 yilda to‘g‘ilgan Zarina ismli qizini olib berish to‘g‘risidagi ijro xujjati, Byuroning Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy irjo choralari davrida, mazkur ijro xujjatning ijrosini ta’minlash maqsadida 19.07.2022 kuni, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan, F.Q.ning yashash manziliga chiqilib, javobgar bilan tushuntirish ishlari, shu jumladan kelib chiqishi mumkun bo‘lgan oqibatlari tushuntiriib berildi.

Shu sababli, javobgar tomonidan ijro hujjatlari talablari to‘g‘ri tushunilib, 2014 yil to‘g‘ilgan Zarina ismli qizaloq da’vogar, onasi M.Radjepovaning tarbiyasiga olib berildi va bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilib mazkur ijro ishi tamomlandi.