Aslida, biz yanglishib, kasallik deb hisoblaydigan “Cherepnoy davleniya” (Bosh miya ichki bosimining oshishi) hammada bo‘ladi.
Huddi arterial qon bosimi singari. Uning mavjudligi emas, me’yordan oshishi kasallikdir.
Bosh miyani maxsus suyuqlik – likvor yuvib turadi. Ana shu suyuqlik miqdori bosh suyagi ichida bosim ko‘rsatgichini belgilaydi.
Suyuqlik me’yordan oshib ketsa, bosh miya ichki bosimi ham oshadi.
Bosim odatda millimert simob ustunida belgilanib, uning me’yoriy ko‘rsatgichi 3-15 mmni tashkil qiladi.
Ko‘rsatgich yuqorilasa, bosh og‘rig‘i, ko‘rish buzilishi, bosh aylanishi, xotiraning yomonlashishi, ko‘ngil aynishi, umurtqa pog‘onasi sohasidagi og‘riqlar kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Kasallikning eng keng tarqalgan turi bosh og‘rig‘i hisoblanadi.