Farg‘ona tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro A.ga tumandagi “Shifokor” MFY hududida joylashgan 30 sotix zaxira yer maydonini 9 000 AQSH dollariga rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 70 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.