Avvalroq Ukraina sababli Rossiya bilan; Tayvanga safari tufayli Xitoy bilan ziddiyatga borib qolgan AQSH, bu gal Shimoliy Koreaga qarshi harakatga kirishdi. Janubiy Korea-AQSH hamkorligida tashkil qilinadigan harbiy mashg‘ulotlar, oxirgi yillardagi eng katta voqea bo‘ladi. Bunga Shimoliy Korea qanday munosabat bildirishi mumkinligi barchani qiziqtirmoqda.
Janubiy Korea, bu borada bergan xabarida o‘zining yadroviy tahdidlarini borgan sari orttirayotgan Shimoliy Koreaga qarshi AQSH bilan oxirgi yillardagi eng ulkan hamkorlik sifatida qayd etiladigan harbiy mashg‘ulotlarni kelasi hafta boshlashlarini ta’kidladi. Janubiy Korea armiyasining xabar berishicha, “Ulchi ozodlik qalqoni” nomi berilgan ittifoqdoshlarning yozgi amaliyoti, 22 avgust-1 iyul oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Samolyotlar, dengiz qurollari, tanklar, minglarcha askar…
Amaliyotda, harbiy samolyotlar, dengiz qurollari, minglab askarlar ishtirok etadi.
Dastlabki 4 kun ichida fuqarolik mudofaasi mashg‘ulotlari beriladigan amaliyotda, qarshi hujum va himoyalanish mashg‘ulotlari olib boriladi. Inson boshqaruvisiz ham harakatlana oladigan havo texnikalari hamda yangi jang texnikalarini qo‘llash ham o‘rin olgan ushbu amaliyotda sanoat zonalariga bo‘lgan hujumlar chog‘ida askarlarga fuqarolar yordamida himoyalanish ta’limlari ham beriladi.