Toshkentda bir necha koʻchalar maʼlum muddatga yopiladi

19-avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqtda poytaxtimizning bir necha koʻchalari avtomobillar harakati uchun yopiladi:

— Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov koʻchalari boʻylab Nukus koʻchasigacha;
— Nukus koʻchasidan uning Oybek koʻchasi bilan kesishmasigacha;
— Oybek va Afrosiyob koʻchalaridan Afrosiyob koʻchasining Sharof Rashidov koʻchasi bilan kesishmasigacha;
— Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab uning Navoiy shoh koʻchasi bilan kesishmasigacha;
—Navoiy shoh koʻchasi boʻylab uning Amir Temur shoh koʻchasi bilan kesishmasigacha;
— Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab uning Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasigacha;
— Islom Karimov koʻchasi boʻylab uning Botir Zokirov koʻchasi bilan kesishmasigacha;
— Botir Zokirov koʻchasidan Paxtakor koʻchasi 79-uygacha.