Avstraliya va AQSH tadqiqotchilari guruhi oʻtgan asrning 30-yillarida yoʻq boʻlib ketgan tasmaniya yoʻlbarslari populyasiyasini jonlantirish loyihasini boshladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyiha qiymati $75 millionni tashkil etadi. Loyihani moliyalashtirishda birinchi bitkoin milliarderlariga aylangan aka-uka Kemeron va Tayler Uyinklvoss hamda aktyor Kris Xemsvort ishtirok etmoqda.
Olimlar hayvonni ildiz hujayralari va genomni tahrirlash yordamida tiklash mumkin degan fikrda. Tadqiqotchilar birinchi tiklangan hayvonni taxminan 10-yil ichida tabiatga qoʻyib yuborish niyatida. Jarayon muvaffaqiyatli boʻlsa, yoʻq boʻlib ketgan biologik turni reanimatsiya qilishning birinchitajribasi boʻladi.