Aqlga sigʻmaydigan tovlamachilik! Aslida mavjud boʻlmagan davlatning pasportini sotishdi

Italiyada bir toʻda, soxta davlat nomini oʻylab topib, 700 dan ortiq kishiga pasport sotdi. Odamlardan jami 400 ming Yevro undirgan jinoyatchi toʻdaning orasida nafaqadagi general, advokat va shifokorlar ham bor. Aqlga sigʻmaydigan bu voqea haqida berilgan xabarga koʻra, sobiq general oʻzini davlat shahzodasi deb tanishtirgan.

Kuni kecha janubdagi Jatanzaro shahrida olib borilgan operatsiyalar natijasida shubha ostidagi 12 kishi kuzatuvga olingan. 30 kishi haqida esa surishtiruv ishlari boshlandi.

Nafaqadagi general, advokat va shifokorlar ham borligi shubha qilinayotgan ushbu toʻda “San Giorgio Teokratik Antarktika Davlati” nomli soxta oʻlkaning pasportini olganlarga turli qulayliklar, jumladan, diplomatik himoya va Covid-19 vaksinasining qilinishi kabi vaʼdalar berilganligi aytilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining xabariga koʻra, vaqtinchalik yashash uchun uchun 200 Yevro, doimiy fuqarolik uchun 1000 Yevro olishgan. Shu yoʻl bilan 700 dan ortiq kishidan jami 400 ming Yevro undirib olishgani maʼlum boʻldi.

Jatanzarodagi bir binoda dorilar sotilishi haqida xabar topib, oʻshayerga yetib borgan xizmat xodimlari uyerdan turli maʼlumotlar, muhr kabi ashyolar topdi. Shuningdek, soxta davlat uchun internet sayti ham ishga tushirishgani aniqlandi.