Rossiya Qozogʻiston bilan harbiy amaliyot boshlashga qaror qildi

Rossiya va Qozogʻiston hamkorlik asosidagi harbiy mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrmoqda. Rossiya Davlati Prezidenti Vladimir Putin va Qozogʻiston Prezidenti Qosim Joʻmart Toʻqayevning Sochidagi uchrashuvidan keyin, 2 oʻlkaning oʻzaro harbiy mashgʻulotlar olib borishi aytildi.

Vladimir Putin bu borada tayyorgarlik koʻrilayotganini taʼkidladi. Qolaversa, Qozogʻiston bilan aloqalariga alohida urgʻu bergan Putin Rossiya bilan tijoriy va iqtisodiy hamkorlik borasida ham Qozogʻiston birinchi oʻrinda turishini bildirdi.

Ikkala davlat munosabatlarining 30-yilligi oktyabr oyida nishonlanishi alohida taʼkidlandi. Qozogʻiston Prezidenti Toʻqayev ham Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashda qatʼiyligini bildirib, hamkorligimizning kelajagi haqida salbiy fikr bildirishga hechqanday asos yoʻq, dedi.