Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro YU.YU. (muqaddam oʻgʻirlik jinoyati uchun sudlangan) qalbaki valyutalarni oʻtkazish maqsadida fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli 2 dona “Iphone 13 pro max” rusumli uyali aloqa vositasini 2 550 AQШ dollariga sotib olishga kelishib, evaziga unga jami 51 dona 50 AQШ dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.