Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimida 5-avgust kuni tugʻilgan goʻdak 7-avgust kuni vafot etganligi holati yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqida Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Oʻsha kunni oʻzida ish boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda tibbiyot birlashmasi xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.