Rossiya bilan urush holatidagi Ukrainaning mustaqillik kuni yaqinlasharkan, prezident Vladimir Zelinskiy muhim xabar eʼlon qildi. U oʻz xabarida, “Kelgusi hafta Ukraina uchun muhim boʻlishi kutilyapti” dedi. Shuningdek, prezident boʻlayotgan hujumlarning vaqtincha ekanligi, Ukraina mustaqilligini saqlab qola olganligi maʼlum boʻladi, degan mazmunda gapirgan.
Zelinskiy, Ukrainaning gʻalaba qozonishi zarurligini alohida taʼkidlab, “Hali Ukrainaning gʻalabasi uchun kurashishimiz kerak. Oldimizda juda koʻp vazifalar bor, afsuski qiyinchiliklarga ham tayyor turishimiz lozim. Ukrainaliklar oʻzlari bilan, davlati va qahramonliklari bilan faxrlanib yurishadi. Doim bir-birimizga yordam beraylik va birdam boʻlaylik. Yoʻqotganlarimizni qaytaraylik. Xalqimiz uchun kurashaylik. Oʻzimizga va Ukrainaga ishonaylik” deya taʼkidlagan.