Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy boʻlinmalarining faoliyati ham tubdan oʻzgaradi — Prezident

Prezident Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy boʻlinmalarining faoliyati ham tubdan oʻzgarishini aytdi. Bundan buyon, ular:

  • tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shugʻullanadi;
  • har bir tuman va shaharda ilgʻor metodikalar asosida biznesga oʻqitish maktablarini tashkil qiladi;
  • hokim va boshqa hududiy rahbarlarga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega boʻladi;
  • mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni oʻtkazadi.

Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining oʻziga ham:

  • Hukumatga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan masala kiritish;
  • tadbirkor manfaatini koʻzlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.

Savdo-sanoat palatasi Hukumat boʻysunuvidan toʻliq chiqariladi.