Qashqadaryodagi qamoqxonalardan birida ehtiyotsizlik bir mahkumning oʻlimiga sabab boʻldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi.
Aniqlanishicha, mahkum oʻsha kuni mehnat muhofazasiga jalb qilingan.
Sudga oid hujjatlarga koʻra mazkur baxtsiz hodisadan soʻng olib borilgan tergov harakatlari davomida muassasaning rejalashtirish va ishlab chiqarish boʻlimi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi va sex mutaxassisining ishga jalb qilingan mahkumlarga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazmaganligi va hisobga olish daftariga holatni yashirish maqsadida soxta imzolar kiritganligi maʼlum boʻldi.
Oʻsha kuni voqeaning bevosita guvohi boʻlgan marhum mahkumning sherigi holatni koʻz ochib yumguncha sodir boʻlganini, tuproq ostida qolib ketgan sherigini qutqarishga biroz kech qolishganini aytib, marhumning muassasa intizomiga doimiy amal qilib kelganini taʼkidladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi shahar sudida baxtsiz hodisa sabablari va uni keltirib chiqargan omillar boʻyicha sudlanuvchilar fikrlari va toʻplangan hujjatlar muhokama qilindi. Unga koʻra, sud aybdorlarga oʻz hukmini eʼlon qildi. JKning 59-moddasi 2-qismiga asosan qisman qoʻshib, uzil-kesil doimiy yashash manzilidan chiqishi cheklangan holda 3-yil 6 oy, sex mutaxassisiga ham sud hukmi bilan 3-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.