Tirikchilik, demang, hammasi bahona!

Kechadan beri ijtimoiy tarmoqda abituriyentlarning, sizlarning farzandlaringiz ular, sharmandali natijalari muhokama qilinmoqda.
Masalan, men ajablanganim yoʻq. Bugungi yoshlarning test natijalarida qalqib chiqqan bilimsizligini koʻpchilik qatori, bilar edim. Bu haqda kanalimizda ham, oʻsha savodsizlar tilicha, koʻp “vaysaganman”.

Test ham bor haqiqatni koʻrsatgan emas. Uning natijasiga qarasak, 50 foiz abituriyent chalasavod boʻlib chiqadi. Lekin ishoning, bu koʻrsatkich abituriyentlar uchun maqtov, mukofot. YAʼni, ularning bilim darajasini oshirib koʻrsatgan. Aslida 50 emas, 70-80 foizi bilimsiz ularning. Ishonavering.
Buni ertaga darslar boshlansa, oʻqituvchilar ham bemalol tasdiqlashlari mumkin.

Xoʻsh, buning boisi nima? Maktab taʼlimi deysizmi? Boʻlishi mumkin. Lekin, siz ayting-chi, oʻzingiz ota-ona boʻlib, bolangizning oʻqishi, tarbiyasi uchun oʻzingiz nima qildingiz?
Ularga oʻrnak boʻldingizmi? Oʻzingiz kitob oʻqiysizmi? Yon-atrofingizdagi harom-harish yoʻllar bilan boyib, semirib yotganlarni emas, ilmli, bilimli, iymon-eʼtiqodli insonlarni oʻrnak qilib koʻrsata oldingizmi?

Universitetda oʻqishdan murod-maqsad, uni bir balo qilib, amallab bitirib olgach, biror joyga ishga kirib, davlatning, xalqning mulkini oʻmarish emas, oʻqishdan maqsad – ODAM boʻlish ekanini singdirdingizmi uning ongiga?
Pishagingiz bolalasa ham uni araq bilan yuvib, ziyofat berganingizda, bolangizga oʻsha maishatga ketgan pulning 100 dan biriga kitob olib berish hech xayolingizga kelganmi?

40-50-60 ga kirib, oʻzingiz umringizda bir marta teatrga, muzeyga, kutubxonaga qadam bosganmisiz? Yoki farzandingizni yuborganmisiz?
Bu dunyoda telefon, ayfon, aypod, kompyuterdan ham boshqa moʻʼjizalar borligi haqida oʻylab koʻrganmisiz yoki bu haqda bolangizga gapirganmisiz?

Farzandingizning umri ana shu matohlar ichra sovurilayotganini koʻra-bila turib, ularni qaytarishga uringanmisiz yoki hech qursa, ulardan kerakli oʻrinda foydalanish haqida maslahat berganmisiz?
Tirikchilik, demang. Qiyinchilik demang. Hammasi bahona.
Mening otam Toshkentda oʻqiydigan oʻgʻillar

Elmurod Nishonov