Xorijga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan «uchar» qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmaci tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar T.A. va J.M. oldindan o‘zaro til biriktirishib, fuqaro A.ga go‘yoki o‘zlarini Toshkent shahridagi xususiy bandlik agentligining viloyat filiali xodimlari sifatida tanishtirib, uni Koreya davlatidagi kemasozlik zavodiga ishga kiritib qo‘yishni 11 000 AQSH dollariga kelishib, oldindan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.