Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, urush sababli Ukrainadan Rossiyaga kelganlarga yordam berish toʻgʻrisidagi yangi qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, Ukrainadan kelgan fuqarolardan nafaqa yoshidagilarga hamda nogironlarga oyiga 10 ming rubldan yordam beriladi. Shuningdek, ijtimoiy yordam dasturi tomonidan birinchi guruh nogironlariga va 80 yoshdan oshgan keksalarga qoʻshimcha ravishda 3 ming rubl miqdorida moddiy yordam beriladi. Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchilariga esa 5 ming rubl berilishi koʻzda tutilgan.
Homilador ayollarga bir martalik 10 ming rubl miqdorida, farzandi dunyoga kelgach, 20 ming rubl, asrab olingan bolalar uchun 15 ming rubl, 23 yoshga yetmagan oʻsmirlar uchun 3 ming rubl miqdorida yordam beriladi. Bitta farzandi boʻlgan oilalarga har oyda 10 ming rubl beriladi. Ushbu moddiy yordamni olishlari uchun oʻsmirlar turli narkotik moddalar qabul qilmasliklari shart qilib qoʻyilgan. Imzolangan qarorga koʻra, moddiy koʻmak berish 2022-yil 31-dekabrgacha davom etadi.