25-avgust kuni MIB Arnasoy tumani boʻlimi davlat ijrochisi ish yurituvidagi qarzdor T.T.dan davlat foydasiga 3,5 mln. soʻm davlat bojini undirish uchun qarzdorning yashash xonadoniga borgan.
Biroq, ijro harakatlarini amalga oshirishi vaqtida qarzdor va uning oʻgʻli davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatib, uni haqorat qilib, turli sohalariga qoʻli bilan urib-tepib, tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140 (Haqorat) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.