Jahon hamjamiyati yadroviy qurol sinovlaridan abadiy voz kechishi va bu turdagi qurollar tarixda qolishi kerak. Bu haqda kecha, 28-avgust kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish maʼlum qildi.
“Bizning dunyo yetarlicha vaqt davomida yadro quroli garovida boʻlib kelgan. Bu oʻlim qurilmalari na gʻalabani, na xavfsizlikni kafolatlamaydi, ular faqat yoʻq qilish uchun moʻljallangan. Keling, yadro quroli sinovlari abadiy tugashini taʼminlaylik va yadroviy qurollarni bir marta va abadiy tarixga kiritaylik”, deydi u Twitter sahifasida.
Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda yadro qurolidan foydalanish xavfi “sovuq urush” davridan beri eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Institut maʼlumotlariga koʻra, joylashtirilgan jangovar kallaklar soni boʻyicha birinchi oʻrinda Qoʻshma Shtatlar (1744 ta, 3708 ta zaxira bilan), ikkinchi oʻrinda Rossiya (1588 ta, 4477 dona) turadi.
Maʼlumot oʻrnida, 29-avgust – Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuni. U BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil 2-dekabrda Qozogʻiston tashabbusi bilan tashkil etilgan. Sana 1991-yil 29-avgustda Qozogʻistonning Semipalatinsk shahrida joylashgan dunyodagi eng yirik yadro poligonlaridan birining yopilishi bilan bogʻliq. Bu kun 2010-yildan beri har yili nishonlanadi.