Oʻzbekistonga Pfizer vaksinasining bolalar uchun moʻljallangan yangi partiyasi olib kelindi

Oʻzbekistonga YUNESKO tomonidan koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining bolalar uchun moʻljallangan 201 600 dozasi taqdim etildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumot uchun, shu kunga qadar Oʻzbekiston boʻylab emlash jarayonlarida 66 mln dozaga yaqin vaksinadan foydalanildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksina saqlash omborxonalarida 5,9 mln doza vaksina zaxirasi mavjud.