- Ogʻiz boʻshligʻini tozalaydi
Ilmiy tadqiqot xulosalariga koʻra, qora choy tarkibidagi polifenollar ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi.
- Yurakka foyda
Yevropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak xastaliklarining yuzaga kelish xavfi 21% ga kamayishini isbotlashgan. Toʻgʻri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo me’yorida boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq.
- Saraton profilaktikasi
Maʼlumotlarga koʻra, qora choydagi polifenol hamda katexin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini oʻtaydi. Yevropalik olimlar tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot hulosasi esa qora choy isteʼmol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini koʻrsatgan.
- Suyaklarni mustahkamlaydi
Mazkur ichimlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar suyaklar moʻrtlashuvidan himoyadir. Shu bois qora choy ixlosmandlari orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan.
- Zoʻriqishdan xalos etadi
Kun davomida toliqqan boʻlsangiz achchiq damlangan qora choy ichish hayotiy quvvatingizni tiklab, kayfiyatni koʻtaradi. Shu bilan birga asablarni ham tinchlantiradi. Aminokislotalar hisobiga muntazam qora choy ichish kortizol – stress gormoni miqdorini pasaytiradi.
- Immunitet yaxshilanadi
Alkilomin antitanachalari immun tizimini ragʻbatlantirsa, oshlovchi moddalar viruslarga chidamlilikni taʼminlaydi. Demakki, shamollash, tumov yohud yoʻtal alomatlarida issiq qora choy ayni muddao.
- Moddalar almashinuvi faollashadi
Choydagi oshlovchi moddalar terapevtik taʼsirga ega. Shundan boʻlsa kerak oshqozondagi ogʻirlikni bartaraf etib, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa organizmda moddalar almashinuvini ham faollashtiradi.
- Tetiklashtiradi
Ertalabdan qoʻlingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi.