Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 31-avgustda amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 29,36 soʻmga koʻtarilib, 10 930,01 soʻmni tashkil qildi. Yevro 105,76 soʻmga oshib, 10 966,08 soʻm boʻldi. Rubl 1,07 soʻmga koʻtarilib, 179,77 soʻm boʻldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik koʻtarilishdan soʻng tushib, 10 900,65 soʻmni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham pastlagandi.