DTM abituriyentlardan yig‘ilgan 80 mlrd so‘mdan ortiq pulni nimaga sarfladi?

Joriy yilda test sinovlariga ishtirok etish uchun 80 mlrd so‘mga yaqin to‘lov davlat test markaziga tushgan. Bu haqda DTM mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, test sinovlari ochiq stadionlar va xiyobonlarda o‘tkazilganligi uchun quyosh nuridan himoyalash maqsadida, abituriyentlarni bosh kiyim (kepka) bilan ta’minlashning o‘ziga 10 mlrd so‘m sarflangan.

Nazoratchilarning bir kunlik mehnatiga 303 ming miqdorda umumiy 10 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lab berilgan. Shuningdek, qolgan pullar esa shaxsiy identifikasiya kameralari, skanerlar, har bir abituriyent uchun ruchka, ichimlik suvlariga sarflangan.

Ta’kidlanishicha, test sinovlari o‘tkazilgandan keyin DTM natijalarni 1 sutkada chiqarishi kerak. Bu uchun esa aynan AQSHning Scantron kompaniyasining maxsus skanerlaridan foydalaniladi. Joriy yilda foydalanish uchun yana uchta shunday skaner xarid qilingan.

Qatnasha olmagan abituriyentlarning to‘lagan pullari qaytarib berilmasligi to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.