Tashlab yuborishga shoshilmang! Qonni tozalaydi, saratonning oldini oladi

Uzum yoz faslida eng sevib iste’mol qilinadigan mevalardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik urug‘i bor uzum xarid qilishdan ko‘ra urug‘sizini olishni ma’qul ko‘radi. Biroq uzum urug‘ining shunday foydalari borki, uni bilib olgach, albatta iste’mol qilishni istab qolasiz.

Qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi

Qora uzumning urug‘i qondagi qand miqdorini bir xil holatda tutib turishga yordam beradi. Agar sizda qand kasalligi mavjud bo‘lsa va qondagi qand miqdori tinimsiz o‘zgarib turadigan bo‘lsa, qora uzumni urug‘i bilan birga iste’mol qiling. Qora uzum nafaqat qand kasalligiga foydali, balki insonni tetiklashtiruvchi hamdir. Qolaversa, parhezdagilar uchun ham ayni muddao bo‘lib, uzoq vaqt to‘q tutadi.

Yurakni sog‘lom qiladi

Qora va sariq uzumning urug‘lari yurakka quvvat bo‘ladi. Uzum urug‘idagi mavjud moddalar yurak urishini yaxshilaydi va zararlanishdan asraydi. Agar uzumni urug‘i bilan birga iste’mol qilsangiz yurak xuruji kasalligining oldini olgan bo‘lasiz.

Alsgeymer kasalligining oldini oladi

Uzum urug‘i va uning yog‘i miya salomatligida katta ta’sir kuchiga ega. Alsgeymer kasalligining oldini oluvchi uzum urug‘lari, xotiraning kuchayishiga ham yordam beradi. Parishonxotirlik va toliqish kabi holatlarning oldini olish uchun bolalarga hamda yoshi kattalarga tavsiya qilinadi.

Yog‘larni ketkazadi va toksinlarni haydaydi

Uzum urug‘lari ozishni istaganlar uchun sevimli ozuqa bo‘la oladi. Parhez vaqtida uzum urug‘ining ta’siri shundaki, uzum urug‘lari antioksidlardan iborat. Tanaga zarar beruvchi toksinlarni haydash va yog‘larni erituvchi hisoblanadi.
Ovqat hazm qilishdagi muammolarni bartaraf qiladi.

Teri va soch sog‘lomligi uchun xizmat qiladi

Uzum urug‘ining yog‘idan tayyorlangan teri uchun niqoblar, teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi. Shuningdek, terini bakteriyalardan himoya qiladi. Soch to‘kilishining oldini olishda ham uzum urug‘ining ahamiyati katta. Sababi uzum urug‘ida Ye vitamini mavjud bo‘lib, u soch ildizlarini mustahkamlaydi va o‘stiradi.

Qonni tozalaydi

Agar siz tamaki chekadigan bo‘lsangiz qoningizda zararli moddalar bo‘lishi tabiiy. Uzum urug‘i esa qondan ana shu zararli moddalarni tozalaydi. Tuzli yoki chang havoda ishlaydiganlarga ayniqsa foydali hisoblanadi. Spirtli ichimliklar ichuvchi hamda chekuvchilar, kimyoviy moddalar mavjud hamoda mehnat qiluvchilar uchun ham ayni muddaodir.

Saraton kasalligining oldini oladi

Hozirgi paytda barchani xavotirga soladigan saraton xastaligining oldini olish uchun ham uzum urug‘i tavsiya qilinadi.