U eng birinchi galda, yurak va qon tomirlar salomatligiga yordam beradi.
Tonggi nonushta trombositlar va qondagi xolesterin miqdorini pasaytirib qolmay, yurak-qon tomir kasalliklar xavfini kamaytiradi.
Stressdan esa ishonchli himoya. Nonushta bizni yetarli energiya, minerallar va vitaminlar bilan ta’minlaydi va kun bo‘yi yuzaga keladigan asabbuzarliklardan asraydi.
Qolaversa, u immunitetning eng yaxshi himoyachisi. Tarkibida yetarli miqdordagi pre- va probiotiklarni o‘z ichiga olgan nonushta mikroorganizmlarga infeksiyaga qarshi kurashishda yordam beradi.
Go‘zallik va yoshlikning muhim garovi. Foydali nonushta bizni barcha kerakli moddalar bilan ta’minlaydi, bu esa go‘zal va yosh ko‘rinish uchun dastlabki qadamdir.