Hirot shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistonning Hirot viloyati masjidida sodir bo‘lgan portlash oqibatda o‘nlab kishilar qurbon bo‘lgan, jumladan ushbu masjid imomi ham halok bo‘ldi. Bu haqda “Tolo News” telekanali manbalarga tayanib xabar beradi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, portlash sababi hozirda xudkushlik hujumi deb ataladi.

“Tolibon” vakili Zabiulla Mujohid imomning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirib, aybdorlarni jazolashga va’da berdi.

Aamaj News xabariga ko‘ra, Hirot viloyatidagi masjid portlashi qurbonlari soni 50 ta yaqin.