Rossiya poytaxtida xaos. Barcha taksilar bitta manzilga chaqirildi.

Rossiya poytaxti Moskvada barchani hayratda qoldiradigan voqea yuz berdi. Xakkerlar rus taksisidan foydalanish bahonasida Moskvada xaos yaratdi. Yuzlab taksilar bitta manzilga chaqirildi. Shahar markazida tirbandlik yuzaga keltirgan xakkerlar ko‘p shofyorlarning g‘azablanishiga sababchi bo‘lishdi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilardan biri hodisani videotasvirga olgan. Tasvirlarda mashinalarning qiyinchilik bilan harakatlanayotganini bilish mumkin. Taksilar chaqirilgan manzil Moskvadagi Kutuzovskiy Prospekti bo‘lgan.

Bu hodisaga sababchi bo‘lgan shirkat tomonidan berilgan izohda bu xatoning darhol to‘g‘irlangani haqida aytilgan, biroq hozircha bu ko‘ngilsizlikni hechkim o‘z bo‘yniga olmadi.