Xitoyda yangi koronavirus hodisasi sababli davlatda 4 kunlik karantin e’lon qilindi. Bu xabarni eshitgan xalq esa do‘konlarga o‘zini urdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan suratlarda vahimaga tushgan xalq supermarketlarni to‘ldirib, do‘kon peshtaxtalarida hechnima qoldirmasdan xaridga kirishib ketgani kuzatildi.
Xitoyning eng katta hududlaridan biri bo‘lgan Sichuanning Chengdu shahrida tarqalgan koronavirusning oldi olinmagani tufayli Xitoy yana karantin qilish haqida qaror chiqardi.
Sichuan polisiyasining 1 iyul kuni karantin haqida xabar qilishidan oldin bu haqda xalqqa ma’lum qilgan shaxs, xalqning vahimaga tushishiga sabab bo‘lgani hamda bozorlarga hujum qilishlariga sababchi bo‘lgani uchun 15 kun davomida kuzatuvga olingan.