Yevropaning ba’zi davlatlari yevrodan voz kechishni rejalashtirmoqda

Sovcombank bosh tahlilchisi Mixail Vasilev yevrodan birinchi bo‘lib voz kechishi mumkin bo‘lgan bir qator davlatlarni nomladi. U bu ma’lumotni Prime agentligi bilan bo‘lishdi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropadagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi Yevropa Ittifoqida (YeI) ijtimoiy-siyosiy kelishmovchiliklarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

Bunday vaziyatda ba’zi davlatlar yevrodan voz kechib, milliy valyutaga qaytishdan afzal ko‘rishi mumkin, deb hisoblaydi mutaxassis. Bunday davlatlar qatorida, ekspertning fikricha, Italiya, Gresiya, Ispaniya va Portugaliya kirishi kutilmoqda.

«Iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi va ijtimoiy norozilikning kuchayishi fonida hokimiyatga ijtimoiy xarajatlarni ko‘paytirish, yevrozonadan chiqish va milliy valyutaga qaytish tarafdori bo‘lishi mumkin bo‘lgan populistlar kelishi mumkin», — deya bashorat qilmoqda tahlilchi.