Yangiobod tumanida garovga qo‘yilgan binolarni nobud qilgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.Z.” MCHJ mac’ul shaxslari, hududiy tijorat banki filialidan qurilish mollari ishlab chiqarish uskunasi va bank balansida bo‘lgan MTM binosini sotib olish uchun jami 4 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, garov ta’minoti uchun qo‘yilgan MCHJga tegishli 3,1 mlrd so‘mlik binolarni buzib tashlab, bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.