Xitoyda yuqori balli zilzila sodir bo‘ldi

Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «New York Post» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, provinsiyada yo‘llar, elektr uzatish liniyalari va aloqa infratuzilmasi zarar ko‘rgan. Jarohatlanganlar soni 50 kishidan oshgan, 16 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, hozirda qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati provinsiyada tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va qutqaruv ishlarini olib borish uchun 50 million yuanga yaqin mablag‘ ajratgan. Zilzila eposentri bo‘lgan Ludin okrugiga 3000 ta chodir va 10 000 ta yig‘ma karavot yuborilgan.