Rossiyaning Jukovskiy shahrida o‘zbekistonlik ikki ishchi xandaq qaziyotganda tuproq ostida qoldi, ularning ustini beton plita bosib qolgan. Bu haqda «Moskovskiy Komsomoles» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik ikki ishchi jismoniy shaxs tomonidan yollangan. Ular Pravolineynaya ko‘chasidagi garajlar yonida xandaq qazayotgan bo‘lgan. To‘satdan tuproq qulab, beton plita bilan birga ishchilar ustiga tushgan.
Jarohatlangan erkaklardan birini voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi esa zudlik bilan kasalxonaga oloib ketilgan. Shifokorlar hozir uning hayoti uchun kurashmoqda.
Moskva viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi ishchilaridan birining o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda.