Zarbdorda oilaviy janjal fojiali yakun topdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 2 sentyabr kuni kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro xotinini o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bo‘limi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zarbdor tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi fuqaro yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida xotinining ko‘krak qafasi chap tomoniga o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marta urib unga og‘ir darajadagi tan jarohati yetkazgan. Oqibatda voyaga yetmagan 3 nafar bolaning onasi voqea joyida vafot etgan.