BMT Ukrainadagi qurbonlar bo‘yicha hisobot berdi

BMT Ukrainada urush paytida tinch aholi orasida 14 mingdan ortiq qurbonlar to‘g‘risida ma’lumotni tasdiqladi.

Bu haqda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi rahbari Matilda Bogner xabar bergan.

«Bugungi kunga kelib, biz tinch aholi orasida 14 059 qurbonni tasdiqladik» deyiladi xabarda.

Shuningdek, avvalroq 382 nafar bolalar halok bo‘lgani va 740 nafari o‘ta og‘ir jarohat olgani xabar berilgan.