Hindistonda istiqomat qiluvchi ayol shifoxonaga borib, 4 yil oldin uning buyragini eri yashirincha sotganini bilib qoldi. Bu haqda Esoreiter.ru ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ayol qorin qismida kuchli og‘riq bilan kasalxonaga yotqizilgan va shifokorlardan buning sababi nima ekanligini bilib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt yil avval eri uning buyragini yashirincha sotib yuborgan.
World of Buzz nashrining yozishicha, shifokorlar 31 yoshli Ranjita Kundani tekshirishgan shifokorlar uning bitta buyragi yo‘q ekanligini aytganida ayol hayratda qolgan.
Gap shundaki, 2018 yilda ayol buyragidagi toshlarni olish uchun turmush o‘rtog‘i maslahat bergan klinikaga yotgan, uning buyragidagi toshlar narkoz ta’sirida olib tashlangan. Aniqlanishicha, o‘sha paytda erkak ayolining bir buyragini shu klinikada davolanayotgan boshqa bir ayolga sotib yuborgan.
Ayol o‘ziga kelganida hech kim bu haqda birdirmagan, erkak esa pulni singlisi bilan bo‘lishib, sakkiz oy avval ayol bilan rasman ajrashgan.
Bundan xabar topgan hindistonlik polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan va politsiya tergov boshlagan.