“Umra ziyoratini Qirolicha Yelizaveta II ning ruhiga bag‘ishlagani” ni aytgan odam qo‘lga olindi

Yamanlik fuqaro ekanligi aytilgan shaxs ijtimoiy tarmoqda Umra ibodatini Qirolicha Yelizaveta II ning ruhiga bag‘ishlaganini ta’kidladi. Buning natijasida esa u qo‘lga olindi. Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan Twitter da berilgan ma’lumotga ko‘ra, masjidning xavfsizlik xizmati masjid ichida banner ko‘tarib olgan Yamanlik fuqaroni qo‘lga olishgani ma’lum qilindi.
Saudiya Arabistonida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan ushbu fuqaroning o‘z sahifasida ham e’lon qilgan videoda uning aybdor ekanligini tasdiqlaydigan holat tasvirlanganini ko‘rish mumkin.

Qo‘lga olingan ushbu shaxs videosida ehrom libosida qo‘lida banner ushlagan holatda ko‘rish mumkin. Bannerda esa “Qirolicha Yelizaveta II ning ruhi uchun umra, Allohdan uni jannatiga qabul qilishini so‘raymiz” deb yozilgandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu holatga nisbatan keskin munosabat bildirib, “Axloqsizni qo‘lga oling” xeshtegi ostida o‘z sahifalarida ko‘plab fikrlar qoldirishdi. Masjidun Nabaviyga mas’ul bo‘lgan Shayx Abdul Rahmon ibn Abdulaziz Al Sudays, ushbu holat bilan bog‘liq munosabat bildirib, Muqaddas masjidlarning faqatgina Allohga ibodat qilish makonlari ekanligini, turli shior va bannerlarni olib yurish esa qoidalarni buzish, e’tiqodga zid ekaniligini ta’kidladi. Al Sudays, ushbu masjidlarning muqaddas ekanligini va shunga muvofiq harakat qilish lozimligini alohida ta’kidlab, ibodatlarni hechqanday shiorsiz, haqiqiy Islomni ifoda etuvchi holatda ado etish zarurligini eslatdi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Yamanlik fuqaro bundan bir necha yillar oldin Shayx Ali Gomaa, Ingliz Qirolligi oilasining shajarasi Muhammad alayhissalomga borib taqalishini iddao qilib chiqqaniga aldangan deyilmoqda. Vaholanki, bu ma’lumotning hechqanday asossiz ekanligi o‘sha paytdayoq ma’lum qilingan edi.