Qorni och qolgan yigit mushukni qovurib yedi — Indoneziya

Indoneziyada sodir bo‘lgan voqea hammani hayratda qoldirdi. 26 yoshli indoneziyadik uydaligida qorni och qolganini his qildi. Va qiziqishi ustunlik qilib, uyidagi qornida bolalari bor mushugini pishirib yedi.

Ushbu onlarni tasvirga olgan shaxs ijtimoiy tarmoqlarda buni e’lon qildi.

Uning aytishicha, mushugining qornida uchta bolasi bo‘lgan va ularni ham pishirib yegan. Indoneziya polisiyasi ushbu shaxsni kuzatuvga oldi. Maxsus xizmatning xabar qilishicha, u shunchaki qiziqishi ustun kelgani uchun bu ishni qilgan.

Mushuk go‘shtining qanday ekanligiga qiziqqan gumondor shaxs hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun 9 oygacha uy qamog‘iga hukm qilindi. Uning ruhiy holatini tekshirish uchun 14 kun ruhiy kasallar shifoxonasida qoldiriladigan bo‘ldi. Shundan keyin qaror ijro qilinadi.