Ukrainada hujumlardan xalos etilgan Izyum shahrida yuzlab jasadlar ko‘milgan mozorlar topildi. Bu haqda Xarkov mintaqasining polisiya yordamchisi Vladimir Timoshenko ma’lumot berdi.
U jasadlarning mozordan juma kuni chiqarila boshlanishini aytdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelinskiy ushbu mozor haqida fikr bildira turib “Rossiya qadami yetgan barcha joyda o‘lim nafasi kezmoqda” dedi. Shuningdek, u bu ishlarning jazosiz qolmasligi kerakligini ta’kidladi.
Prezident chorshanba kuni ushbu shahardagi askarlar yoniga borgan edi.
Mahalliy rasmiylarning xabariga ko‘ra mazkur hududda 400 dan ortiq jasad bor. Bolvinov ba’zi kishilarning havodan qilingan hujum natijasida va to‘p otilishi sabab o‘lganini aytib o‘tdi.
Avval ham Ukraina hududlaridan birida shunday mozorlar topilgan edi. Rossiya rasmiylari esa o‘lgan askarlarning hayotiga nuqta qo‘yilishida hechqanday aloqlaari yo‘qligini aytishmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mozorlar topilgan hududning atrofida zirhli vositalar, tanklar borligi aniqlangan, biroq ichishga suv hamda elektr toki yo‘q. Ruslarning tezda chekinishlarining sabablari go‘yoki atrofda o‘z aksini qoldirgandek tasavvur uyg‘otadi, deyiladi xabarlarda.