Andijon viloyati Buloqboshi tumanida bank xodimlari 111 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirdi. Ushbu jinoyatni amalga oshirgan ikki nafar xodim qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, bank filialining pensiya va nafaqlar bilan ishlash shoʻbasining kassiri va buxgalter-nazoratchisi bankomatlarga joylashga mo‘ljallangan mablag‘larni o‘zlashtirib, o‘z ehtiyojlariga, jumladan qimor o‘yinlariga sarflab yuborishgan.
Tergovga qadar tekshiruvda o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘liq qoplangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.