2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi
“Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.
Bu haqda chet el aviasiya ma’muriyatlari xabardor etildi, — deyiladi Transport vazirligi xabarida.