Pnevmoniyani davolovchi mikrorobotlar ishlab chiqildi

San-Diyegodagi Kaliforniya universitetining nanomuhandislari o‘pkada suzib yura oladigan, dori-darmonlarni yetkazib beradigan va bakterial pnevmoniyani davolashda foydalaniladigan mikroskopik robotlarni ishlab chiqdi.

Tajribalar davomida mikrorobotlar sichqonlarning o‘pkasida pnevmoniya qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni barataraf etdi va ularning omon qolishiga yordam berdi. Pnevmoniya Pseudomonas aeruginosa bakteriyasidan kelib chiqqan bo‘lib, u odatda intensiv terapiya bo‘limlarida ventilyasiya qilingan bemorlarga ta’sir qiladi.

Mikrorobotlar traxeyaga kiritilgan naycha orqali kemiruvchilarning o‘pkasiga yuborildi.

Mikrorobotlar suv o‘tlari hujayralaridan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning yuzasi antibiotiklar bilan to‘ldirilgan nanozarrachalar bilan qoplangan. Suv o‘talari hujayralari mikrorobotlarga suzish va antibiotiklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘pkadagi bakteriyalarga etkazish imkonini beradi.

Antibiotikni o‘z ichiga olgan nanozarrachalar oq qon hujayralarining bir turi bo‘lgan neytrofillarning hujayra membranalari bilan qoplangan mayda, biologik parchalanadigan polimerik sharlardan iborat.

Ushbu membranalar bakteriyalar va tananing immun tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan yallig‘langan molekulalarini o‘zlashtiradi va zararsizlantiradi.