Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-maktabda otishma sodir bo‘ldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni besh kishiga yetishi mumkin. Maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari zudlik bilan evakuasiya qilinmoqda.
Maktabdagi otishma haqidagi xabarlar dushanba kuni ertalab Rossiya Telegram kanallarida paydo bo‘ldi. Buni keyinroq Ichki ishlar vazirligi ham tasdiqladi.
“Bugun polisiyaga Ijevskdagi 88-maktabda otishma yuz bergani haqida xabar kelib tushdi, xodimlar voqea joyiga borishdi, gumonlanuvchini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda, qurbonlar haqida ma’lumotlar aniqlanmoqda”, — deyiladi IIV xabarida. (RIA Novosti iqtibos keltirgan).
Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, otishma dars vaqtida boshlangan — qora kostyumli noma’lum erkak sinfga bostirib kirib, o‘t ochgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Ijevsk maktabida jabrlangan maktab o‘quvchilari soni beshtaga yetgan. Otishmani qo‘lga olgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.