Dehqonobodda korxona rahbari 100 ming dollar kredit mablag‘larini talon-toroj qildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda “M.P.” xususiy korxonasi rahbari S.X. tijorat banki filialidan naslli chorva mollarini sotib olish uchun 100 000 AQSH dollari kredit ajratilishga erishib, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali chorva mollarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.