Meksikadagi bir o‘rmon ichida Yahudiy tariqati bo‘yicha tarbiya qilish uchun yashirib qo‘yilgan bir nechta bola va o‘smirlar polisiya tomonidan qutqarildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, radikal tariqat hisoblangan Lev Tahor guruhi qo‘lga olindi. Guruh bolalarni olib qochib ketgani hamda majburan ushlab turgani sababli surishtirilayotgan edi.
Meksikada qutqarilgan o‘smirlar va bolalar Isroilga, o‘z oilalariga qaytarildi. Lev Tahor (Pokiza qalb) tariqati o‘z a’zolariga haddan ortiq qo‘pol usullar bilan munosabat qilishi ma’lum. Hali yosh bolalikdanoq oila qurishga targ‘ib qilinadi, hatto yosh bolalar ham tariqatga xos qat’iy uslublarni bajarishni uddalay olishmaganida qattiq jazolanadilar. Ayollarni va 3 yoshdan boshlab qizlarning butun vujudini o‘rashga majbur qiladigan bu guruh ana shunday qat’iy qonunlari sababli “Yahudiy toliboni” deb ham ataladilar.
Surishtiruvlardan keyin Meksika polisiyasi, juma kuni ertalab Chiapas viloyatining shimolidagi Tapachula shahriga taxminan 20 km masofadagi o‘rmonzorga yetib borishdi. Ushbu operasiyani amalga oshirish jarayonida, yoshi kattalar bolalardan ayrilmaslik uchun ularning hayotiga xavf solishi mumkinligi sabab yopiq hududdagi o‘g‘il va qizchalar guruhdagi kattalardan tezlik bilan ajralishdi. Meksika polisiyasi, Isroildan kelgan 4 kishilik ko‘ngilli a’zolar bilan birgalikda harakat qilishdi.
Bu guruhning ichida operasiyani amalga oshirishda yordam bergan Mossad agentlari ham bor edi. Polisiya hamda Isroillik sobiq agentlar ikki yil oldin tariqat a’zolaridan birining oilasi ulardan yordam so‘rab murojaat qilganda operasiya ustida ishlay boshlagan edi. Tariqat borasida ish olib borgan guruh, 2014 yidan buyon guatemaladagi tariqatni o‘rganish uchun Guatemala va isroil orasida tez-tez sayohat qildi. Mahalliy rasmiylar, poliqiya hamda Guatemaladan maxsus dedektiv bilan ishlagan guruh, tariqatning 40-50 a’zosi shu yili yanvarda noqonuniy yo‘llar bilan Meksikaga ko‘chib o‘tgani aniqlandi.
Bu yerda Tapachula atrofidagi o‘rmonlarga joylashgan tariqat a’zolari ta’qib qilindi. Tariqatning Guatemaladagi liderlari, 2018 yildan buyon odamlarni majburlab o‘g‘irlab ketish hodisalarining markazida turishi ma’lum bo‘ldi. Ikki farzandi bilan birga Nyu Yorkka ketib tariqatdan qochgan ayol 2018 yilda shaharda qo‘lga olinib, majburan guruhga qaytarilgan edi. Ayol va bolalari uch haftadan keyin Meksikadan topildi.
Ushbu hodisa bilan bog‘liq 9 ta tariqat a’zosi so‘roq qilindi. Tariqatning asoschisining o‘g‘li va lider Nachman Helbrans bilan birga 4 kishi qamoq jazosiga hukm qilindi. Bittasi yengil jazolandi, kuzatuvda bo‘lish sharti bilan qo‘yib yuborildi. Bitta a’zosining hukmi hali ijro etilmadi, yana biri esa Guatemalada kuzatuvda.