Hukumat qarori (526-son, 27.09.2022 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi
Koʻkrak nishonlari bilan quyidagilar taqdirlanadi:
▫️ “Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan – veterinariya sohasini rivojlantirish, sohada nazoratni kuchaytirish va xizmatlar sifatini oshirish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar;
▫️“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni bilan – chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan shaxslar.
Nomzodlar boʻyicha takliflar har yili 1-iyulgacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga beriladi.
Qoʻmita raisi tomonidan nomzodlarni koʻrib chiqish uchun 5 kishilik komissiyalar tuziladi.
Komissiyalar nomzodlar boʻyicha takliflarni oʻrganib 1-avgustgacha yakuniy xulosalarni qabul qiladi.
Xulosalar asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruqlari qabul qilinadi.
Koʻkrak nishonlari har yili 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida tantanali topshiriladi.
Koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln soʻm) miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti va esdalik sovgʻalar beriladi.