Haj va umra kvotalari oshiriladi

Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan fuqarolarimizning Saudiya Arabistonida boʻlishi bilan bogʻliq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.