Itlar inson psixologiyasini nafasidan anglaydi

Olimlar itlarning odamlar ruhiyatini nafasidan va tanasidan chiqqan terdan sezishini kashf etdi.

Egalari tomonidan ko‘ngilli sifatida tadqiqotda ishtirok etgan 4 ta it, Treo, Fingal, Soot va Vinni hid bilish qobiliyatini shakllantirish yo‘li bilan parvarish qilindi.

Itlar 700 marotabadan 650 tadan ortig‘ida stresdagi kishilardan olingan hid va nafasni tahlil qilishda muvaffaqiyatli ko‘rsatgichga ega bo‘lishdi. Belfastdagi “Queen” Universitetidagi tadqiqotchilar, “Plos One” gazetasida e’lon qilgan maqolalarida bunday turdagi itlarni parvarishlash va tarbiyalash borasida yordam berishlarini aytishdi.

Itlar dunyoni hidlar orqali his qiladi. Shu sababli ham hid bilish bilan bog‘liq ishlarda, narkotik moddalar, ba’zi saraton turlari, hatto Covid-19 singari kasalliklarni tekshirishda foydalaniladi.

Tadqiqotchilardan biri Klara Vilson, itlarning, odamlarning ayrim kasalliklarini hididan ajrata olishiga doir juda ko‘p qoniqarli xulosalarga guvoh bo‘lganini faqat ruhiy jihatdan his qilish qobiliyatlarini yuzaga chiqaruvchi yetarlicha dalillarga duch kelmaganini ta’kidladi.