Peshob rangi to‘qlashib ketishi uning konsentrasiyasi oshishi, ya’ni quyuqlashib ketganidan darak beradi.
Peshob rangi oppoq, suvdek chiqishi ham yaxshimas. Chunki organizmda peshob kislotasi rangi jigarrang holatda bo‘ladi. Suv uni sarg‘imtir rangga kiritadi. Peshob rangi oqligi tanadagi toksinlar kislota orqali chiqmayotganligini, filtrasiya tizimi ishdan chiqqanligini bildiradi.
Peshob to‘q qizil rangga kirgan bo‘lsa, jigar kasalligi borligini tasdiqlaydi.
Peshobda qon tanachalari ham paydo bo‘lishi mumkin. Ularning rangi och qizil bo‘lsa, buyrakka yig‘ilgan toshlar buyrak jomchalarini tirnab yaralayotganini bildiradi.
Glomerulonefrit (buyrak kasalligi)da esa buyrakning tanasidan to‘q qizil qon peshob orqali chiqishi haqiqatan xavotirli holatdir. Bu buyrak yetishmovchiligining boshlanish nuqtasidir.мм