Toshkentda intellektual kameralar sinovdan oʻtkazilmoqda

Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Alisher Navoiy koʻchasini raqamlashtirish fonida yoʻl harakati qoidabuzarliklarini qayd etadigan yangi kameralar sinovdan oʻtkazilmoqda.

Poytaxt IIBB tasdiqlashicha, “Glans Gresselchaft Tashkent” korxonasiga tegishli intellektual foto-videoni qayd etish kameralari yoʻl chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega.

Agar uskunalar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtsa, u poytaxt yoʻllarining eng muammoli chorrahalarida oʻrnatiladi.