An’anaviy ravishda nonushta kunning eng muhim taomi hisoblanadi. Chunki u bilan ovqat hazm qilish tizimining ishi boshlanadi.
To‘g‘ri nonushta oxirgi ovqatdan keyin kamida o‘n-o‘n ikki soat o‘tgach bo‘lishi kerak. Ya’ni 20:00 da kechki ovqatingiz bo‘lsa, nonushta ertalab soat 8 da bo‘ladi. https://t.me/malhamssb/15266
Nonushta uchun eng maqbul vaqt ertalab soat 7 dan 9gacha yoki kechroq uyg‘ongan bo‘lsangiz, turgandan keyin ikki soat ichida hisoblanadi. Bu ovqat hazm qilish tizimini ushlab turishga va qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.
Agar ertalab ovqatlanishni istamasangiz, ertalab 6 da tursangiz ham, 12 ga yaqinroq ovqatlanishni istasangiz ham, o‘zingizni majburlamasligingiz kerak. Bunday holatda tanangiz talab qilganda ovqatlaning.