Chirchiqdagi holat yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

“MAXAM CHIRCHIQ” AJ korxonasining Sintez syexida sodir bo‘lgan chaqnash sabablarini o‘rganish va kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan komissiyaga Bosh vazir o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamaxmudov rahbar etib tayinlandi.

Hozirda korxona hududida belgilangan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.